img

Biz haqimizda

KURS HAQIDA

Assalom-u aleykum, qadrli foydalanuvchi. Iltimos, buni to’liq o’qib chiqishingiz kerak!! Bizning mobile ilovamiz orqali uydan turib hech qanday o'qituvchisiz va ortiqcha yo'lkira xarajatisiz tarix, ingliz tili va matematika fanlarini chuqur o'rganishingiz mumkin. Buxorolik bir necha yillik tajribaga ega bo'lgan oʻqituvchilarning Buxoro oʻqitish metodikasiga asoslangan darslari orqali OTM imtihonlariga, Atestatsiya imtihonlariga, IIB litseyi imtihonlariga 100% tayyor boʻlishingiz mumkin.

Bizning ONLAYN KURSIMIZNING oflayn kurslardan afzalliklari

img

Onlayn kursimiz oflayn kurslardan arzon

Masalan, tarix fanini o'rganish uchun bitta oʻquvchi oʻrtacha hisobda 2 yil sarflaydi. Kurs pulini butun respublika boʻylab oʻrtacha hisoblaganda 250 ming deb hisoblasak, ikki yilda oflayn kursga beriladigan toʻlov 5 mlndan oshadi. Bizning Onlayn kursimizda esa bir martalik toʻlov summasi 500 ming soʻm. Yaʼni bizning onlayn kursimiz oflayn kurslardan 10 baravar arzon. Boshqa fanlar ham shu hisobga toʻgʻri keladi. Xulosa ozingizdan.

img

Yoʻl xarajati

Agar siz oflayn kursga qatnashsangiz, har ikki kunda bir, yaʼni oyida 15 marotaba kursga qatnaysiz. Bunda oʻrtacha hisobda har borib kelishga 8 ming soʼmdan berilsa, oyiga 120 ming soʻm sarflaysiz. Buni ikki yilga koʼpaytiradigan boʻlsak, 2 400 000 soʻmni tashkil etadi. Bu ham ortiqcha xarajat va bizning onlayn kursimizda bunday ortiqcha xarajatga hojat yoʻq.

img

Vaqtingizni biz bilan birga tejang

Oflayn kursda siz yoʻlda borib-kelishni oʻziga ketadigan vaqtni hisoblasangiz, 2-3 soatni tashkil etadi. Shu 2-3 soat vaqtni yoʻlga sarflaguncha bilim olishga sarflasangiz imtihonlarga yanada kuchliroq tayyorlanishingiz mumkin.

img

Oʻqituvchilar uchun foydali tomonlari

Siz oʻqituvchi boʻlsangiz, albatta, ATESTATSIYA imtihonlariga tayyorlanayapsiz. Bunda siz oflayn kursga borolmaysiz. Birinchidan, narx qimmat, ikkinchidan, oila, rozgʻor tashvishlari va maktabdagi ish bilan boʻlib borib-kelishga vaqt ajratolmaysiz. Shu oʻrinda bizning programmamiz orqali uydan turib hech qanday oʻqituvchisiz ATESTATSIYA imtihonlariga tayyorlanishingiz mumkin. Undan tashqari siz bizning programmamiz orqali hozirgi globallashuv davridagi texnika taraqqiyotini maktabdagi darslarga olib kirishingiz mumkin. Darslar vaqtida bizning programmamizdagi video darslardan va boshqa materiallardan foydalanib ochiq darslar oʻtkazishingiz mumkin.

Ammo bizning onlayn kurslarimizdagi bu afzalliklardan foydalanish uchun sizga oʻzingizga nisbatan talabchanroq boʻlish talab etiladi.

Koʻrib turganingizdek, bugungi kunda oflayn kursdan koʻra onlayn kurs foydaliroq ekanligi yaqqol koʻrinib bormoqda. Shuncha afzalliklarga ega boʻlgan onlayn kurslar boʻla turib, nima uchun siz oflayn kursga katta xarajat va vaqt sarflab borishingiz kerak. Bilim olishning eng yaxshi yoʻli oldingizda turibdi. Faqat uni tanlay olishingiz kerak, qadrli foydalanuvchi.

Hurmat bilan maʼmuriyat!

Maqsadlaringizga erishish uchun biz bilan birga bo'ling...

"Ilmga hamma narsangni bermaguningcha, u senga hech narsani bermaydi." ABU HOMID G'AZZOLIY (Ulug' donishmand, imom)